12 oylik kafolat
NIROO brendining barcha qurilmalariga xarid qilingan kundan boshlab 12 oylik kafolat beriladi. Agar ushbu muddat davomida qurilmada zavod nuqsoni aniqlansa, uni yangisiga almashtirib beramiz.
Qaysi hollarda murojaat qilish mumkin
Kafolat qurilmadan uy sharoitida toʻgʻri foydalanilganda yuzaga kelgan nosozliklarga amal qiladi. Masalan:
- qurilma yoqilmaydi yoki ishlash vaqtida oʻz-oʻzidan oʻchib qoladi;
- rejimlardan biri ishlamaydi, tugmalar bosilganda javob bermaydi;
- qurilma zaryadlanmaydi yoki elektr tarmogʻiga ulanganda ishlamaydi;
- qurilma asosiy vazifasini bajarmaydi, masalan, qizimaydi yoki tebranmaydi;
- qurilma vaqti-vaqti bilan oʻz-oʻzidan oʻchib, qayta yoqiladi;
- avval kuzatilmagan boshqa nosozliklar paydo boʻlgan.
Holatingiz kafolatga kirish-kirmasligini bilmasangiz, bizga yozing. Birgalikda aniqlab olamiz.
Kafolat boʻyicha murojaat qilish tartibi
- Telegram orqali bizga yozing.
- Xarid qilingan ilovadan (Uzum Market, Yandex Market) buyurtma yoki chek skrinshotini yuboring. Unda xarid sanasi koʻrsatilgan, shu orqali kafolat muddatini tekshiramiz.
- Telefoningizda video tasvirga oling: qurilmani barcha tomonlaridan koʻrsating, soʻng uni yoqib, nosozlikni koʻrsating. Agar nosozlik darhol namoyon boʻlmasa, u yuzaga kelgan lahzani tasvirga oling.
- Nima sodir boʻlganini va uni qachon payqaganingizni qisqacha yozing.
Keyingi bosqichlar
- Murojaatingizni koʻrib chiqamiz va Telegram orqali javob beramiz.
- Agar holat kafolatga kirsa, almashtirishni tasdiqlaymiz hamda sizga qulay almashtirish usulini kelishib olamiz.
- Siz nosoz qurilmani bizga topshirasiz va uning oʻrniga xuddi shu modeldagi yangi qurilmani olasiz.
Almashtirish tasdiqlangandan soʻng yangi qurilmani albatta olasiz. Biz har bir xaridorimizni qadrlaymiz va doimo vaʼdamizning ustidan chiqamiz.
Kafolat qaysi hollarda amal qilmaydi
Kafolat faqat ishlab chiqaruvchi aybi bilan yuzaga kelgan nosozliklarga amal qiladi. Agar qurilma foydalanish jarayonida shikastlangan boʻlsa, uni kafolat asosida almashtirib bera olmaymiz. Masalan:
- qurilmada tushib ketish yoki zarba izlari mavjud: korpusda yoriqlar, darzlar yoki botiqlar bor;
- qurilma suvga tushib ketgan yoki ichiga suyuqlik kirgan;
- nosozlik elektr tarmogʻidagi kuchlanish oʻzgarishi yoki mos kelmaydigan adapter orqali zaryadlash natijasida yuzaga kelgan;
- qurilma korpusi ochilgan yoki uni mustaqil ravishda taʼmirlashga urinilgan;
- qurilmadan yoʻriqnomaga rioya qilinmagan holda yoki boshqa maqsadlarda foydalanilgan.
Foydalanish jarayonida qurilma tashqi koʻrinishining tabiiy eskirishi kafolat holatiga kirmaydi.
Agar qurilmada biror nosozlik yuzaga kelsa, uni mustaqil ravishda ochmang. Darhol bizga murojaat qiling, shunda kafolat saqlanib qoladi.
Buyurtmani kafolat muddati tugagunga qadar ilovada saqlab qoʻying. Busiz xarid sanasini tasdiqlay olmaymiz.